Rasmiy xabar: "Andijon" bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2020
"Andijon" futbol klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Coca Cola Superligasi 22-turida "Surxon"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaevni jamoa rahbariyati o'z lavozimidan ozod etishga qaror qildi.

Baxtiyor Hamidullaev boshchiligidagi "burgutlar" 9 uchrashuv o'tkazib, ulardan to'rttasida durang, to'rttasida mag'lubiyat va bitta g'alabaga erishdi.

Baxtiyor Hamidullaevga kelajakdagi faoliyatida omad tilaymiz!, - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia