Rasmiy xabar: Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2014
Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadigan bo'ldi.
Hujumchi kecha Splitning "Xayduk" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Xorvatiya klubi rasmiy sayti xabar berdi. Turkiyada jamoa yig'inida ishtirok etgan futbolchining harakatlari xorvatiyaliklarga maqul keldi. Endi u tegishli hujjatlarni to'g'rilab bo'lgach, Xorvatiyaga jo'nab ketadi. Uning tanishtiruv marosimi hujumchi Xorvatiyaga yetib borgach o'tkazilishi mo'ljallangan.

Abduxoliqov "Xayduk"ning Turkiya yig'inida "Dinamo" Tbilisiga qarshi maydonga tushgandi. Yangi jamoasida Temurxo'ja 15-raqamli libosda harakat qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia