Rasman: Zeedorf - Kamerun termasi bosh murabbiyi

Mirjalol Normatov
4 avg 2018
O'tgan mavsumda "Deportivo"da ishlari yurishmay, jamoani Segundaga tushirib yuborgan Klarens Zeedorf o'ziga yangi ish topdi.

Bu haqda Kamerun termasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Zeedorf bunga qadar "Milan" va "Shenchjen" kabi jamoalarda faoliyat olib bordi. Biroq uning bir ish joyidagi ish vaqti 6 oyni ham tashkil qilmadi.

Gollandiyalik murabbiyga Patrik Klyuyvert yordam beradi. Hozircha mutaxassis terma bilan qancha muddatlik shartnomaga imzo chekkanini ma'lum qilinmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fecafootofficie