Alkantara Zeedorfning natijasini takrorlashi mumkin

Оқил Абдубарноев
4 may 2022
“Liverpul” yarim himoyachisi Tiago Alkantara Klarens Zeedorfning yutug'ini takrorlashi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchi uchta jamoa bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan, u 1995 yilda "Ayaks", 1998 yilda "Real" va 2003 va 2007 yillarda "Milan" bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Agar "Liverpul" ushbu mavsum finalida g'alaba qozonsa, Alkantara ushbu yutug'ini takrorlaydi. Avvalroq futbolchi 2011 yilda "Barselona" va 2020 yilda "Bavariya" bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgandi.

"Liverpul" YCHL yarim finalida "Vilyarreal"ni umumiy hisobda 5:2 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Angliya klubining raqibi “Real” – “Manchester Siti” juftligida aniqlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: euro-football.ru