Rasman: "Yuventus" futbolchisi "Jenoa"ga o'tdi

Alisher
26 sen 2020
"Yuventus" chap qanot himoyachisi Luka Pellegrini "Jenoa"ga o'tdi.

Turinliklar 21 yoshli italiyalik futbolchini Genuya klubiga 2021 yilning 30 iyuniga qadar ijaraga berishdi.

Pellegrini "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shuningdek "Kalyari" tarkibida ham to'p tepgan.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com