Rasman: “Vulverxempton” o'z tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirdi

Eldor Akmurzayev
18 avg 2022
“Sporting” yarim himoyachisi Mateus Nunes rasman “Vulverxempton” a'zosiga aylandi.

23 yoshli portugaliyalik “bo'rilar” bilan 5+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi. Transfer 45+5 mln evro evaziga amalga oshgani aytilmoqda va bu klub tarixidagi eng qimmat xarid ekanligi xabar qilinmoqda.

Nunes o'tgan mavsum Portugaliya chempionatida 33 bahsda qatnashib, 3+2 natija ko'rsatgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: wolves.co.uk