Rasman: Villian "Fulxem" futbolchisiga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
1 sen 2022
34 yoshli braziliyalik futbolchi yana APLga qaytdi.

Villian endilikda faoliyatini "Fulxem"da davom ettiradi. Futbolchi klub bilan shartnoma imzolash uchun yetib kelgan va tibbiy ko'rikdan o'tgan. Yarim himoyachi erkin agent maqomida jamoaga kelib qo'shildi. 

U avvalroq ijtimoiy tarmoqlardagi tahdid va haqoratlar sabab "Korintians" bilan shartnomasini bekor qilgandi. Villian APLdagi faoliyati davomida "Chelsi" va "Arsenal" liboslarida to'p tepgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sky Sports