

O'tgan mavsum “Buxoro” jamoasi bilan PRO ligadan Superliga yo'llanmasiga ega chiqishda ko'rsatgan xizmatlari uchun Hakim Fuzaylovga klubimiz rahbariyati, futbolchilar hamda jamoa ishqibozlari nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Ulug'bek Bakaev 2017-2018 yilgi mavsumlarda “Buxoro”da bosh murabbiy vazifasida ishlab, ishqibozlar ko'nglidan joy olgan edi. Yana bir bor jamoamiz ushbu murabbiyga ishonib topshirildi.



