Rasman: "Surxon" "Arsenal" sobiq futbolchisini transfer qildi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024
Jamoaning tarkibiga yangi legioner futbolchi qo'shildi.

26 yoshli rossiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pletnyov "Surxon" sharafini himoya qiladi.

Dmitriy Pletnyov 1998 yil 16 yanvar kuni tug'ilgan. 

Fuqaroligi: Rossiya. Bo'yi – 178 sm. 

Qayd etish kerak, yangi futbolchi Rossiyaning "Zenit" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida "Zenit-2", "Baltika", "Tom", "Atirau", "Arsenal" (Belarus) hamda "Sluck" jamoalarda o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати