Rasman: Sunnatilla Poyonov "Surxon" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025
Jamoa qishqi transfer oynasidagi birinchi transferini e'lon qildi.

"Endi asosiy tarkibimizda raqobat yanada kuchaymoqda. Jamoamiz safiga iqtidorli qanot himoyachisi Sunatillo Poyonov qo'shildi. 20 yoshli futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida "Qo'qon-1912" jamoasida o'ynab, Superliga yo'llanmasini olishda katta hissa qo'shdi. Shuningdek, 2024 yilda aynan uning goli "Qo'qon-1912"da yilning eng chiroyli goli deb topildi.

Sunnatilla Poyonov

Tug'ilgan sanasi: 2004 yil 16 iyun

Ampluasi: chap qanot himoyachisi

O'ynagan klublari: "Paxtakor", "Qo'qon-1912"

Ma'lumot uchun, Poyonov o'tgan mavsumning birinchi qismida "Paxtakor" safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ikkinchi davrani esa "Qo'qon-1912" jamoasi safida ijarada o'tkazgan va Pro ligada 13 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Avvalroq Termiz jamoasi "Paxtakor" chap qanot himoyachisi Sunnatilla Poyonovni qo'lga kiritayotgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати