

35 yoshli kiper “Nicca” a'zosiga aylandi. Transfer qanchaga amalga oshgani ochiqlanmagan. Qayd etilishicha, u yangi klubi bilan 2025 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Daniyalik posbon 2011 yil “Lids”dan 1,5 mln funt evaziga “tulkilar” safiga ko'chib o'tgandi. U jamoa bilan 2015/16 yilgi mavsum sensacion tarzda APL chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Angliya kubogi hamda Superkubogida zafar quchib, Chempionship g'olibiga ham aylandi.



