Rasman: Sherzod Haqberdiev – "Bunyodkor" direktori vazifasini bajaruvchi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kunga qadar "Bunyodkor" futbol klubi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan Aziz Haydarov o'rniga "Bunyodkor" stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasi direktori Sherzod Haqberdiev "Bunyodkor" futbol klubi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Bunyodkor"ga yangi bosh direktor tayinlangani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати