Rasman. Sergey Lushan - "So'g'diyona" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2018
Bugun Aleksandr Mochinov iste'foga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun "So'g'diyona" rahbariyati tajribali murabbiy Sergey Ivanovich Lushan bilan kelishuvga erishdi. Endilikda ushbu murabbiy Jizzax klubi bosh murabbiy sifatida ishlaydi va jamoa uning qo'l ostida "Navbahor"ga qarshi tayyorgarlikni olib boradi. Bu haqda "So'g'diyona" matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Lushan 2017 yil 5 may kuni o'z arizasiga ko'ra "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia