Rasman: "Seltik" - Shotlandiya chempioni. Mavsum oxirigacha o'ynalmadi

Alisher
18 may 2020, 17:40
Shotlandiya Premer-ligasi rahbariyati mavsumning yakunlanganini e'lon qildi.

Mavsum oxirigacha o'ynalmaydi. O'rinlarni aniqlash uchun o'rtacha ochkolarni hisoblaydigan tizim qabul qilingan.

"Seltik" "Reynjers"dan 13 ochko ko'p to'plagan holda chempionga aylandi. Stiven Jerrard jamoasi esa ikkinchi o'rin.

"Mazervall" va "Aberdin" jamoalarining Yevropa Ligasida o'ynashi aniq. Elitadan quyi ligaga "Xarts" ravona qilindi, "Dandi Yunayted" esa kelasi mavsumni yuqori ligada boshlaydi.


AlisherMuallif
Manba: spfl.co.uk