Rasman: Ronaldinyoning o'g'li "Barselona"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
2 mar 2023
2003-2008 yillar mobaynida "Barselona" tarkibida o'ynagan Ronaldinyoning farzandi ham otasining yo'lini tanladi.

17 yoshli Joao Mendesh "Barselona" bilan 1 yarim yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq Ronaldinyoning o'zi bu borada ma'lumot berib o'tgandi.

Mendesh o'tgan oyda "Kruzeyro" bilan shartnomasini bekor qilib, "Barselona"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikka yetib kelgandi. Tomonlar bugun shartnomaga imzo chekishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal