

19 yoshli futbolchi 7 yillik shartnomaga imzo chekdi va Maurisio Pochettino jamoasi tarkibini yanada kuchaytirdi.
Klubning sport direktorlari Lorens Styuart va Pol Uinstenli ushbu transfer haqida quyidagicha fikrda: "Biz Romeoni "Chelsi"da ko'rishdan juda mamnunmiz. U Premer-liganing o'tgan mavsumida "Sautgempton" safida mahoratini namoyish qila oldi, hali yosh bo'lishiga qaramay, Lavia o'ta sovuqqon va aqlli futbolchi. Biz ma'lum vaqt davomida uni kuzatib bordik va jamoamizga taklif qildik".
"Fikrimizcha, u hoziroq va keyingi bir necha yilda "Chelsi" o'yiniga katta ta’sir ko'rsata oladi".




