Rasman: "Roma" "Chelsi" futbolchisining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
21 avg 2019, 20:24
"Chelsi" himoyachisi Davide Dzappakosta faoliyatini "Roma"da davom ettiradi.

Rim klubi 27 yoshli futbolchi bir yilga ijaraga olinganini rasman e'lon qildi. Bugun futbolchi klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va shartnoma imzoladi.

Dzappakosta 2017 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Shu vaqtdan buyon u 52 o'yinda 2 gol urib, 4 golga assistentlik qildi. Uning "ko'klar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/asromaen