Rasman: Renatu Sanshesh PSJ futbolchisi!

Administrator
4 avg 2022
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh PSJ bilan shartnoma imzoladi.

Fransiyaning PSJ klubi Renatu Sansheshni rasman o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi. Tomonlar 2027 yilgacha shartnoma imzolashgan. Avvalroq ushbu transfer narxi 15 mln evro atrofida bo'lishi ma'lum qilingandi.

Sanshesh o'tgan mavsum "Lill" tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AdministratorMuallif
Manba: psg.fr