Rasman: "Real" sobiq hujumchisi "Alaves"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025
"Alaves" "Real"ning 32 yoshli sobiq hujumchisi Mariano Dias bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Dominikanlik futbolchi mavsumoldi mashg'ulotlarini muvaffaqiyatli o'tkazganidan so'ng klub safiga qo'shildi.

"Real" tarbiyalanuvchisi 2016/17 yilgi mavsum Madrid klubining asosiy jamoasida debyut qilgan va 14 uchrashuvda 5 ta gol urgan. Shundan so'ng u ikki yilni Fransiyaning "Lion"ida o'tkazgan, so'ngra "Real"ga qaytib, u erda ko'plab unvonlarni qo'lga kiritgandi, jumladan, uchta La Liga chempionligi, ikkita Chempionlar Ligasi sovrini va Ispaniya Kubogi.

Hujumchi so'nggi mavsumni "Sevilya"da olib bordi va turli turnirlarda 13 o'yinda qatnashdi. Mariano iyul oyida "Alaves" mashg'ulotlariga qo'shildi va endi rasman Eduardo "Chacho" Kudeta boshchiligidagi jamoa tarkibida o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: deportivoalaves.com