Rasman. “Real” futbolchisi “Real Sosedad”ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2017, 01:20
San-Sebastyanning “Real Sosedad” klubi Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Diego Lorenteni o'z safiga qo'shib oldi.

23 yoshli futbolchi bugun kunning ikkinchi yarmida yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib oldi. klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.

Lorente 7 iyul kuni “Real Sosedad” tarkibidagi ilk mashg'ulotda ishtirok etadi. Himoyachi o'tgan mavsum “Malaga” safida ijara asosida to'p tepdi. U chempionatda 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritgandi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: