Rasman: "Portu" futbolchisi "Arsenal"ga o'tdi

Alisher
17 iyun 2022
"Portu" yarim himoyachi Fabiu Vieyraning Londonning "Arsenal" klubiga o'tishini tasdiqladi.

Futbolchi endilikda tibbiy ko'rikdan o'tish va "kanonirlar" bilan shartnoma imzolash uchun Buyuk Britaniyaga borishi qoldi.

Vieyraga oldinroq "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan edi. O'yinchini shuningdek "Liverpul" kuzatgandi, ammo u yakunda "Arsenal"ga o'tdi.

Vieyra o'tgan mavsum Portugaliya chempionati doirasida 6ta gol va 14ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fcporto.pt