

"Portugaliyalik murabbiy Pedru Moreyra hamda uning besh nafar yordamchisi bilan hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilindi.
Biz ushbu mutaxassislarning klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, ularning kelasi ishlarida omad tilaymiz.
Shuningdek, yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan shartnoma ham bekor qilindi. U og'ir jarohat sababli may oyida safdan chiqqandi", – deyiladi klub xabarida.
Avvalroq "Paxtakor" legioneri yozda jamoani tark etishi haqida ma'lumot taqdim etgan edik.



