Rasman: "Paxtakor" kolumbiyalik futbolchini safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
Brayan Riaskos "Paxtakor"ning navbatdagi legioneriga aylandi.

"1994 yil Kolumbiyada tavallud topgan Riaskos O'zbekistonga Xitoyning "Cindao Vest Kost" jamoasidan tashrif buyurdi. Chin yurtida 16 ta o'yinda 6 ta gol urgan hujumchi klubimizda 94-raqamda o'ynaydi.

Faoliyati davomida "Gaziantep", "Metallist", "Nasonal" kabi klublarda to'p tepgan", – deyiladi "sherlar" xabarida.

"O'zbekistonning eng kuchli jamoasida to'p tepishimdan xursandman. Tug'ilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va "Paxtakor" muxlislarini o'z gollarim bilan xursand qilaman", – deydi Riaskos.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Paxtakor"ga kolumbiyalik hujumchi kelayotgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати