

"Paxtakor" jamoasi yetakchisi Dragan Cheran bilan amaldagi shartnomani bir yilga uzaytirdi.
Cheran hozirga qadar poytaxtliklar safida jami 144 o'yinda 89 gol muallifiga aylangan. U Superliga tarixida birinchi bo'lib ketma-ket uch marta to'purar sifatida rekord qo'yishga erishgan. "Paxtakor" futbol klubi va futbolchi hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Shu tariqa Cheran 2023 yil oxirigacha "sherlar" safida qoladi.




