Dragan Cheran: “Andijonlik muxlislar nafaqat O'zbekistonda, balki jahon darajasidagi brend”

Khoja
4 yanv 2026, 10:15
"Andijon" klub matbuot xizmati Dragan Cherandan qisqa intervu oldi.

- Dragan, avvalo, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Dastlab, nima uchun “Burgutlar” tanlovini qabul qilganingiz xususida to'xtalib o'tsangiz.

- Sababi, doimgidek jamoaga yordam berish, yoshlarni rivojlantirishga ko'maklashish, rahbariyat va bosh murabbiy meni fikrlarimni va qarashlarimni inobatga olyapti. Bizni fikrlarimiz bir joydan chiqdi.

- “Andijon” klubi bilan ko'zlagan maqsadlaringiz qanday?

- Biz imkonsizdek tuyulgan narsani amalga oshirishga kirishdik. Aynan sovrinli o'rin jamoa uchun tarixiy natija bo'ladi.

- Bilamizki, siz 6-marta O'zbekistonning eng yaxshi to'purariga aylangansiz. “Andijon”da ham to'purarlik salohiyatingizni ko'rsata olishingizga ishtiyoqingiz balandligi ko'rinib turibdi...

- Har bir mavsumda o'z jamoamga yordam berishga harakat qilaman va imkoniyat bo'ldi deguncha ko'proq gollar urishga intilaman.

- “Andijon” klubiga uchta so'z bilan qanday tarif berasiz?

- Energiya, ishtiyoq va hurmat.

- Faoliyatingizni “Andijon”da davom ettirish siz uchun nimani anglatadi?

- Futbol imtihoni.

- Endi siz “Bobur arena”da ajoyib muhitni ko'rasiz va his qilasiz. Bu onlarni intiqlik bilan kutyapsizmi?

- Ha, ular ajoyib muxlislar. Nafaqat O'zbekistonda, balki jahon darajasidagi brend.



KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc