“Barselona” yarim himoyachisi Paulino “Guanchjou Evergrand”ga qaytdi.
Xitoy klubi braziliyalik futbolchini bir yilga ijaraga oldi. “Barselona” hozircha bu transfer haqida hech narsa ma'lum qilmadi. Ma'lumot uchun o'tgan yili “Barselona” Paulinoni “Guanchjou”dan 40 mln evro esvaziga sotib olgandi.