

Qita chempionatida ilk bor 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Ushbu Osiyo Kubogiga 4 may kuni qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Dubay shahridagi "Armani Hotel" mehmonxonasida 24ta jamoa guruhlarga ajratiladi.
O'zbekiston terma jamoasi qur'a tashlash marosimida 2-savatchadan o'rin oladi.




