Rasman: Nyubel "Bavariya" bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U "Shalke"dan tekinga ketdi

Alisher
30 iyun 2020, 17:10
"Shalke" darvozaboni Aleksandr Nyubel rasman "Bavariya"ga o'tdi.

23 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va Myunxen klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

"Bavariya" yanvardayoq yozda "Shalke" bilan tuzgan shartnomasi tugaydigan Nyubelning transferini hal qilgan edi.

"Ilk taassurotlar juda yaxshi. Men keyingi qadamni tashlamoqchiman. Mening maqsadim - muntazam ravishda o'sish va "Bavariya" bilan ko'plab muvaffaqiyatlarga erishish", - deydi darvozabon.

Eslatib o'tamiz, Nyubel Gelzenkirxen klubida to'rt mavsum to'p tepdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com