Rasman: "Navbahor" sobiq futbolchisi "Metallurg"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
27 fev 2026
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga reja asosida puxta tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish ishlarida ham faollikni unutmayapti.

Jumladan, hujum chizig'iga Navro'zbek Iminjonov taklif etildi. Namanganning "Navbahor" klubi tarkibidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi yangi mavsum "Metallurg" safida to'p tepadi.

O'tgan mavsum "Navbahor" safida Superliganing 12 ta va O'zbekiston Kubogining 1 ta o'yinida maydonga tushib, hisobiga 1 ta assist yozdirib qo'ydi. 

Navro'zbek faoliyati davomida "Odil Ahmedov akademiya" ("Olimpiya"), "Navbahor-Farm" va "Navbahor" jamoalari sharafini himoya qilgan", – deyiladi xabarda.

Navro'zbek Iminjonov

Tug'ilgan sanasi: 21.03.2004

Bo'yi: 1.80

Ampluasi: Hujumchi

O'ynagan jamoalari: "Odil Ahmedov akademiya" ("Olimpiya"), "Navbahor-Farm", "Navbahor"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати