Rasman: Modrich Real Madrid bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
27 iyun 2023
Real Madrid xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzoladi.

Yangi kelishuv 2024 yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xorvatiyalik madridliklar safida 2012 yildan buyon to'p tepadi. 11 mavsum davomida 37 yoshli futbolchi 488 o'yinda maydonga tushib, 23 ta sovringa ega chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com