Rasman: Matteo Darmian A Seriya klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
2 sen 2019
MYU himoyachisi Matteo Darmian "Parma" futbolchisiga aylandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Transfer tafsilotlari haqida ma'lumot berilmayapti. Oldinroq, bitim 1,5 million evroga imzolanishi aytilayotgan edi.

Matteo klub bilan 4 yilga, yani 2023 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi.

"Men uyga qaytishdan xursandman. Bu men uchun Italiya terma jamoasiga qaytishga ajoyib imkoniyat yaratib beradi", - deydi Darmian.

Eslatib o'tamiz, Matteo faoliyati davomida MYUdan tashqari "Milan", "Padova" va "Torino" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/1913parmacalcio