Rasman: Lyubisha Pecel “Andijon”ni tark etdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 dek 2024
"Andijon" matbuot xizmati jamoani serbiyalik legioner Lyubisha Pecel tark etganini e'lon qildi.

"Yodingizda bo'lsa, 31 yoshli himoyachi shu yilning yozida jamoamizga qo'shilgandi va chempionat yakuniga qadar shartnoma imzolangan. O'tgan vaqt davomida Pecel Superligada 5 ta, O'zbekiston Kubogida 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

"Serbiyalik legioner bilan tuzilgan shartnoma yakunlangani bois tomonlar iliq munosabatda xayrlashdilar.

Pecelga jamoamizga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Андижон" ФК матбуот хизмати