

"Atletiko" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Konor gallaxer bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Gallaxer "matraschilar" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, transfer summasi 42 million evroni tashkil etadi. Bundan tashqari, "Chelsi" o'yinchining keyingi sotuvidan ma'lum miqdorda foizga ham ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Konor oxirgi kunlarda Londondan Madridga uchib borib ayrim muammolar yuzaga kelgani sabab yana ortga Londonga qaytib ketgan edi.



