Rasman: London klubi futbolchisi “Galatasaroy”ga o'tdi

Jan-Mishel Seri faoliyatini turk klubida davom ettiradi.

“Galatasaroy” “Fulxem” klubidan Jan-Mishel Serini keyinchalik 18 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. Klub futbolchining ijarasi uchun 1,5 mln evro to'laydigan bo'ldi.

Vaqtida Seri “Barselona”ga o'tishi mumkin edi, biroq u “Nicca” safidan “Fulxem” tarkibiga borib qo'shilgandi. 


Manba: “Галатасарой” матбуот хизмати