

Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
26 yoshli jazoirlik futbolchi "tulkilar" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer detallari haqida rasmiy ma'lumot berilmagan. Lekin, Britaniya OAVlari Gezzal "Lester"ga 15 million evro evaziga o'tishi haqida xabar qilishgan edi.

O'tgan mavsum Gezzal Fransiya chempionatida "Monako" uchun 26ta uchrashuv o'tkazdi va ikkita gol urib, uchta golli pas berdi. Monegasklar jazoirlikni 2017 yil "Lion"dan taxminan 3 mln evroga sotib olishgan edi.





