

Angliyaning "Liverpul" klubi Germaniyada "Xoffenxaym" mehmoni bo'ladi. Bugun liverpulliklarning o'yinga qaydnomasi chiqdi. Qizig'i, "Barselona" katta qiziqish bildirayotgan va klubdan o'zini transferga qo'yishlarini so'ragan Filippe Koutino nemis klubiga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Ertangi o'yin "Rayn-Nekkar-Arena"da bo'lib o'tsa, javob bahsi keyingi chorshanba kuni "Enfild"da o'tkaziladi.
"Liverpul"ning "Xoffenxaym"ga qarshi o'yin qaydnomasi: Aleksandr-Arnold, Moreno, Lovren, Milner, Veynaldum, Xenderson, Jan, Mane, Salax, Firmino, Kent, Solanke, Origi, Gomes, Klavan, Flanagan, Robertson, Matip, Gryujich, Minole, Karius, Uord.




