Rasman: Ispaniya terma jamoasi futbolchisi "Betis"ga o'tdi

Alisher
14 iyun 2019, 17:43
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Xuanmi "Betis"ga o'tdi.

Bitim 5 yilga mo'ljallangan. 26 yoshli futbolchi "Malaga" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'z vaqtida "Malaga", "Rasing", "Sautgempton" klublarida to'p tepgan.

Xuanmi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynagan.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: realbetisbalompie.es