Rasman: Humoyunmirzo Iminov – "Dinamo" futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023
"Dinamo" PFK jamoa yig'inida ishtirok etayotgan Humoyunmirzo Iminov klubning to'laqonli a'zosiga aylanganini rasman ma'lum qiladi.

O'tgan mavsumlar davomida "Paxtakor", "Energetik-BGU", "Buxoro" klublari sharafini himoya qilgan 23 yoshli yarim himoyachi bilan 2024 yilning oxiriga qadar shartnoma imzolandi. 

Humoyunmirzo Iminov yakunlangan mavsum "Buxoro" safida Superligada 24 o'yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan. 

Ma'lumot uchun, Humoyunmirzoning akasi Sardor Eminov 2019 va 2021 yilgi mavsum "Dinamo" jamoasi sharafini munosib himoya qilgan.

"Dinamo" PFK ahil oilasiga xush kelibsiz, Humoyunmirzo!", - deb yozadi "Dinamo"  matbuot xizmati.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia