Rasman: Gnabri PSJga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
6 apr 2021
Avvalroq, “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flik jamoa a'zosi Serj Gnabri tomog'i og'riyotgan tufayli PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish ehtimoli borligini aytgandi.

Myunxenliklar matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Gnabrining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi. Shu tufayli futbolchi uy karantiniga joylashtirildi. U o'zini yaxshi his etmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Alyanc Arena”dagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 8 aprelga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern