

Eyndxovenliklar “Liverpul” bilan kelishuv amalga oshganini xabar qilishdi.
“23 yoshli hujumkor futbolchi tez orada Angliyaga yo'l oladi va transfer borasida kerakli rasmiy ishlarni amalga oshiradi”, deyiladi klub bergan ma'lumotda.
“The Athletic” manbasiga ko'ra, mersisaydliklar 23 yoshli niderlandiyalikni 37 mln funtga transfer qiladi. Gakpo 2018 yildan beri PSV asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. Avvalroq, uni qo'lga kiritishga asosiy davogar sifatida MYU nomi tilga olingandi.



