PSV Niderlandiya chempioni bo'ldi

Alisher Ostonov
19 may 2025
Eyndxovenning PSV klubi Niderlandiya chempioni bo'ldi.

PSV so'nggi turda safarda "Sparta"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Peter Bos jamoasi 79 ochko to'pladi va tarixda 26-marta Niderlandiya chempioni bo'ldi.

Ikkinchi o'rinni 78 ochko bilan Amstyerdamning "Ayaks" jamoasi egalladi, u chempionat tugashiga 5 tur qolganida 9 ochkolik ustunlik bilan peshqadamlik qilayotgandi. Kuchli uchlikni Rottyerdamning "Feyenoord" klubi (68 ochko) yakunlab berdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia