Rasman: Gadji Gadjiev Anji bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2013, 08:57
Krilya Sovetov klubi sobiq ustozi Gadji Gadjiev Anji klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
O'zim uchun qadrli bo'lgan klubga qaytshim mumkinligi borasida anchadan buyon gap-so'zlar yurgandi. Bu narsa FK Krilya Sovetov rahbariyatiga ham ma'lum edi.

Men uchun ko'plab yaqinlarim bor bo'lgan klubda yana ishlashimdan xursandman, – deydi Gadjiev.

Kelishuv uzoq muddatga tuzildi.

Gus Xiddink ketganidan so'ng klubda Rene Melensten bosh murabbiy bo'lib ishlayotgandi.

Oldinroq Anji rivojlanishining boshqa yo'li tanlangani va endi asosiy e'tibor mahalliy yoshlarga bo'lishi haqida xabar bergandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru