Rasman: Evro-2020 va ML-2021da jamoalar beshta zaxira imkoniyatidan foydalanadi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2021
Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilot bergan bayonotga ko'ra, Evro-2020 hamda 2021 yilgi Millatlar Ligasining final bahslarida terma jamoalarga beshta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat berildi.

UEFA mazkur qarorni koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat tufayli qabul qilgan.

Yevropa chempionati qitaning 12 shahrida 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi. Millatlar Ligasining hal qiluvchi bahslari esa oktyabr oyida o'tishi rejalashtirilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA