Rasman: David Silva La Ligaga qaytdi

“Real Sosedad” Silva bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

David Silva erkin agent sifatida San-Sebastyan klub bilan 2 yillik kelishuvga imzo chekkan. Oldinroq futbolchiga “Lacio” hamda “As-Sadd” klublaridan qiziqish borligi aytilgan edi.

34 yoshli Silva 10 yil davomida “Manchester Siti” sharafini himoya qildi. U “shaharliklar” safida 436 ta o'yinda ishtirok etib, 77 gol va 140 ta golli uzatma muallifiga aylandi.


Manba: Twitter/RealCociedad