

Nigeriyalik mashhur yarim himoyachi, "Chelsi" klubining sobiq a'zosi Viktor Mozes rasman "bo'rilar" safiga kelib qo'shildi.
35 yoshli tajribali futbolchi Qizilo'rda klubi bilan "1+1" sxemasida shartnoma imzoladi. Mozes yangi jamoasida 11-raqam ostida harakat qiladigan bo'ldi.
Viktor Mozes haqida:
Kasbiy faoliyati: Ko'p yillar davomida Londonning "Chelsi" klubi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, "Liverpul", "Inter" va "Spartak Moskva" kabi klublarda ham to'p surgan.
Yutug'i: 2016/17 yilgi mavsumda Antonio Konte qo'l ostida Angliya chempioni bo'lgan.
Bu transfer nafaqat "Qaysar", balki butun Qozog'iston Premer-ligasi uchun yilning eng yorqin kelishuvlaridan biri bo'lishi shubhasiz.




