Rasman: "Chelsi" "Atletik" posbonini dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylantiradi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018
"Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi.

Ikki klub futbolchining Londonga ko'chib o'tishi borasida kelishib olishdi. Bu haqida ispaniyaliklar rasmiy sayti ma'lum qildi.

"Chelsi" Kepa Arrisabalaganing shartnomasidagi tovon puli - 80 mln. evroni to'laydi. Shunday qilib, Arrisabalaga futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylanadi. Bungacha ushbu nomga egalik qilgan posbon Alisson Beker edi. "Liverpul" braziliyalik uchun "Roma"ga 62,5 mln. evro to'lagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia