Rasman: "Buxoro" xorvatiyalik legionerni safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025, 19:56
Jamoa murabbiylari yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida mahoratli yarim himoyachi Frane Chiryak bilan shartnoma imzoladi.

"Ma'lumot uchun, Frane Chiryak o'tgan mavsum Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida o'ynadi. Bundan tashqari, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Bolgariya, Ukraina, Shveytsariya jamoalarida to'p tepgan. 29 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Frane Chiryak o'tgan mavsum "qaldirg'ochlar" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 1 ta golli pas uzatgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати