Rasman: "Borussiya D" "Chelsi" yarim himoyachisi transferini rasmiylashtirdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2025
Dortmundning "Borussiya" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka jamoaga o'tganini e'lon qildi.

21 yoshli futbolchi nemis klubi bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

OAV xabariga ko'ra, kelishuv taxminan 20 million evroni tashkil qilgan. Chukvuemeka 2025 yilning fevral oyidan beri ijara asosida "Borussiya"da o'ynab kelayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de