Rasman: "Borussiya D" "Bavariya"dan sobiq futbolchisini sotib olmoqda

Dortmundning "Borussiya" klubi Mats Xummelsni yana jamoaga olib kelmoqda.

Bu haqda dortmundliklarning rasmiy sahifalarida e'lon qilindi.  Uning transferi "Borussiya D"ga 38 million evroga tushdi. 

Eslatib o'tamiz, germaniyalik himoyachi 2016 yili yozda "Borussiya D"dan myunxenliklar safiga kelib qo'shilgan. Shu paytga qadar u "Bavariya" tarkibida 74 o'yinda maydonga tushdi va 3tadan gol va assist muallifiga aylandi.

30 yoshli himoyachi 2008-2016 yillar davomida "Borussiya D" libosida harakat qilgan (306 o'yin, 25 gol).  




Manba: goal.com