Rasman: Ben Uayt "Arsenal" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2021
"Arsenal" "Brayton" himoyachisi Ben Uaytning transferini e'lon qildi.

London klubi 23 yoshli futbolchi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Himoyachi "kanonirlar" safida 4-raqamda o'ynaydi.

Transfer summasi 50 million funt sterlingni tashkil qiladi.

Uayt o'tgan mavsum "Brayton" tarkibida APLning 36 ta o'yinida maydonga tushgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-arsenal.com